Yevropa yetakchilari Zelenskiyni Rossiya talablarini qabul qilmaslikka chaqirdi
So‘nggi kunlarda Yevropa liderlari Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyni ogohlantirib, Qo‘shma Shtatlarning qat’iy xavfsizlik majburiyatlarisiz RF talablariga bo‘ysunmaslikka chaqirdi, deb yozdi “The Wall Street Journal” nashri.
Ekspertlar fikricha, Kiyev kelishuvning yakuniy shartlariga rozi bo‘lishidan oldin AQSH rasmiylari Ukrainani qanday himoya qila olishlarini tushuntirishi kerak.
Germaniya kansleri Fridrix Mers Zelenskiyni kelgusi kunlarda juda ehtiyotkor bo‘lishga chaqirib, “amerikaliklar Ukraina va yevropaliklar bilan o‘yin o‘ynayapti” deb ta’kidlagan.
Irlandiyaga tashrifi davomida Zelenskiy rasmiy Vashingtonga xavfsizlik kafolati bo‘lishga tayyorligi uchun minnatdorchilik bildirgan.
S.Rahimov, O‘zA