Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yevropa yetakchilari Ukraina uchun xavfsizlik kafolatlari rejasini bayon qilishdi
13:32 / 2025-12-16

Yevropa yetakchilaribayonotida AQSH va YeI davlatlari Ukrainaga ishonchli xavfsizlik kafolatlarini berish va o‘lkaning nizodan keyin tiklanishini qo‘llab-quvvatlash uchun birgalikda ishlashga sodiq ekanliklari aytilgan.

Bunga quyidagi majburiyatlar kiritildi:

• Ukrainaga qurolli kuchlari sonini ko‘paytirishda yordam berish.

• AQSH tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan va Ukraina hududida faoliyat yuritadigan Yevropa “Ukraina uchun ko‘p millatli kuch”ini (“xohlovchilar koalitsiyasi”dagi davlatlardan) tashkil etish. Ushbu kuch Ukraina Qurolli Kuchlarini qayta tiklashga yordam beradi, Ukraina havo hududi xavfsizligini ta’minlaydi va xavfsiz dengiz navigatsiyasini qo‘llab-quvvatlaydi. 

Navbatdagi band AQSH boshchiligidagi sulhni monitoring qilish va tekshirish mexanizmini yaratish bo‘ldi. Shuningdek, kelajakda qurolli hujum sodir bo‘lgan taqdirda tinchlik va xavfsizlikni tiklash choralarini ko‘rish (bu choralar qurolli kuchlardan foydalanish, razvedka va logistika yordami, iqtisodiy va diplomatik harakatlar bo‘lishi mumkin). 

Bundan tashqari, yetakchilar Ukrainaning Yevropa Ittifoqiga qo‘shilishini “qat’iy qo‘llab-quvvatlashga” va kelajakdagi farovonligiga, jumladan, tiklanish va qayta qurishga ko‘maklashishga sarmoya kiritishga va’da berishdi. 

Bayonotni 13 nafar yetakchi jumladan, Germaniya kansleri, Fransiya, Finlyandiya va Litva prezidentlari, Buyuk Britaniya, Daniya, Italiya, Niderlandiya, Norvegiya, Polsha va Shvetsiya bosh vazirlari, shuningdek, Yevropa Komissiyasi va Yevropa Kengashi rahbarlari imzolagan.

S.Rahimov, O‘zA