Yevropa yetakchilari Rossiyaga yangi sanksiyalar joriy etmoqchi
AQSH prezidenti Donald Tramp dushanba kuni RF yetakchisi Vladimir Putin bilan telefonda suhbatlashganidan so‘ng, Germaniya kansleri Fridrix Mers Yevropa yetakchilari Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar joriy etish niyati borligi haqida ma’lum qildi.
– Biz Ukrainani o‘t ochishni to‘xtatish yo‘lida faol qo‘llab-quvvatlaymiz, shuningdek, Yevropa sanksiyalar bilan endi Moskvaga bosimni kuchaytiradi, -deb yozdi u o‘z ijtimoiy tarmog‘ida.
Trampning o‘zi ham Putin bilan muloqotdan so‘ng Rossiya va Ukraina zudlik bilan o‘t ochishni to‘xtatish va nizoni tugatishga olib keladigan muzokaralarni boshlashini aytdi, biroq Yevropa tomonidan Rossiyaga qarshi sanksiyalar joriy etilishi haqida shaxsiy fikr bildirmagan.
K. Bekjonov, O‘zA