Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yevropa yana Ukrainaga e’tibor qaratmoqda (+video)
17:25 / 2026-01-27

Grenlandiya atrofidagi keskin vaziyatdan keyin Yevropa yana Ukrainadagi urush masalasiga qaytdi. Donald Trampning yangi bojxona tahdidlari sabab bir muddat to‘xtab qolgan tinchlikka doir harakatlar yana faollashmoqda, deb xabar berdi Euronews.

Yevropa yetakchilari AQSHning Kiyev va Moskva o‘rtasida tinchlik kelishuviga erishish bo‘yicha sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlamoqda. Yaqinda Abu-Dabida AQSH, Ukraina va Rossiya vakillari o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy ularni «samarali» deb atab, navbatdagi uchrashuv 1 fevralda bo‘lishini aytdi. Kreml esa hududiy masala hal etilmas ekan, uzoq muddatli tinchlikka erishib bo‘lmasligini bildirdi.

Muzokaralar jarayoni kengayib borgani sari, Yevropa davlatlari Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotni qayta tiklash imkoniyatini muhokama qila boshladi. Fransiya va Italiya bu g‘oyani qo‘llab-quvvatladi. Shuningdek, Kreml bilan aloqa o‘rnatadigan maxsus Yevropa vakili tayinlash masalasi ko‘rib chiqilmoqda.

Shu bilan birga, Yevropa va AQSH urushdan keyin Ukraina iqtisodiyotini tiklash, investitsiya jalb qilish uchun maxsus hujjat tayyorlamoqda. Bu  hujjat Ukraina kelajagini zamonaviy va mustaqil davlat sifatida shakllantirishni maqsad qiladi.  

Barcha rejalarning markazida Ukrainaning Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lishi turibdi. Kiyev tinchlik kelishuvida YeIga kirish uchun aniq sana bo‘lishini talab qilmoqda. Garchi hujjatlarda bu sana 2027 yilning yanvar oyi deb ko‘rsatilgan bo‘lsada, Bryusseldagi rasmiylar bu masalani hal qilish amalda qiyin ekanini tan olishmoqda, chunki Vengriya haligacha muzokaralarga to‘siq qo‘yib kelmoqda.  

Shu bilan birga, Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar paketi ustida ish olib bormoqda. Ularni urush boshlangan sana, ya’ni 24 fevral atrofida qabul qilish rejalashtirilgan.    

<iframe width="484" height="860" src="https://www.youtube.com/embed/wi0U3VkxO48" title="Yevropa yana Ukrainaga e’tibor qaratmoqda" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>              

Kenja Bekjonov, Anvarxo‘ja Ahmedov (video), O‘zA