Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yevropa yadroviy qudratini oshira oladimi?
19:05 / 2026-02-14

AQSH 2025-yil Ukraina bilan razvedka ma’lumoti almashishni vaqtincha to‘xtatgach, Yevropa yadro quroli ishlab chiqish masalasini jiddiy ko‘rib chiqa boshladi. 

“Bloomberg” yozishicha, Vashingtonning ishonchsizligidan norozilik kuchayib borayotgan bir payt ko‘hna qit’a davlatlari Amerika yadroviy soyaboni o‘rnini bosadigan muqobil yo‘l izlamoqda.

Hozir faqat Fransiya va Buyuk Britaniya yadroviy qurolga ega. Binobarin, Prezident Emmanuel Makron butun Yevropa uchun yadroviy to‘xtatuv modelini taklif qilishga tayyor. Afsuski, Amerika soyabonini bu ikki mamlakat yadro kuchi bilan almashtirish jiddiy xavotir keltirib chiqaradi.

Zaxira kamligiga qaramay, Fransiya va Britaniya jangovar kallaklari Rossiyaga jiddiy zarar yetkazish uchun yetarli darajada kuchli. Faqat javobsiz bir savol bor: Yevropa katta xarajat va siyosiy xavfni hisobga olgan holda, yadro quroliga ko‘p miqdorda sarmoya kiritishga tayyormi?

Vaziyatni murakkablashtirayotgan yana bir jihat – boyitish inshooti va atom elektr stansiyalari kabi kuchli yadroviy infratuzilma yaratish hamda  xalqaro tarqatmaslik shartnomasini buzish uchun zarur siyosiy iroda. Ta’kidlanishicha, bu masala Yevropa uchun xavfsizlik va yuqori darajadagi xatarlar muhokama qilinadigan Myunxen xavfsizlik konferensiyasi kun tartibida muhim o‘rin egallaydi.

S.Rahimov, O‘zA