English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yevropa xalqlari Yevrokomissiya talabiga bo‘ysunishdan bosh tortmoqda
10:44 / 2022-09-26

Yevropa xalqlari Yevropa komissiyasi tahdidiga e’tibor bermayapti. Italiya oliy qonunchilik organiga saylov jarayoni tufayli yuzaga kelgan vaziyatga Yevroparlament deputati, Fransiya sobiq transport vaziri Terri Mariani shunday baho berdi.

“Yevropa xalqlari demokratiyadan qo‘rqib, sharmandali moliyaviy shantajga o‘tayotgan Yevrokomissiyaning buyrug‘i va tahdidiga bo‘ysunishdan bosh tortmoqda”, dedi u ijtimoiy tarmoq orqali.

Avvalroq Yevropa Ittifoqi rahbari Ursula fon der Lyayen Italiyadagi saylovdan keyin vaziyat “og‘irlashadigan” bo‘lsa, o‘zi boshqarayotgan tashkilot “Polsha va Vengriyaga nisbatan qo‘llangan vositadan foydalanishi mumkinligi bilan tahdid qilgandi. 
Yakshanba kuni Italiyada parlament saylovi bo‘lib o‘tdi. Dastlabki natijaga ko‘ra, "Italiya birodarlari", "Liga" va "Olg‘a, Italiya" partiyalarini birlashtirgan o‘ng-markaziy koalitsiya 41-45 foiz ovoz olib, yetakchilik qilmoqda.
 

O‘zA