Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yevropa va dunyoning eng xavfli shaharlarining yangi reytingi e’lon qilindi
10:56 / 2023-08-10

Numbeo tadqiqot kompaniyasi reytingiga ko‘ra, Sitsiliyadagi Kataniya Yevropaning eng xavfli shahri, deb tan olingan. Fransiyaning Marsel, Buyuk Britaniyaning Birmingem va Koventri shaharlari hamda Sharlerua (Belgiya), Neapol (Italiya), Monpele (Fransiya), Lej (Belgiya), Grenobl va Nant (Fransiya) shaharlari kuchli o‘ntalikka kirgan.

Xorijiy OAVlarning yozishicha, reyting bir necha mezon bo‘yicha tuziladi. Haqiqatda o‘lchanadigan jinoyat darajasidan tashqari, sub’ektiv tasavvurlar ham hisobga olinadi. Misol uchun, buzib kirish, o‘g‘irlik yoki hujumlar haqida tashvishlar hisobga olinadi. Reytingda korrupsiya va poraxo‘rlik ham hisobga olingan. Bern, Myunxen va Syurix G‘arbiy Yevropadagi eng xavfsiz shaharlar, deb topildi. 

Dunyodagi eng xavfli shahar – Venesueladagi Karakasdir. Quyidagi o‘rinlarni Pretoriya (Janubiy Afrika), Port-Morsbi (Papua-Yangi Gvineya) va Durban (Janubiy Afrika) egallagan. 

Numbeo ma’lumotlariga ko‘ra, dunyodagi eng xavfsiz shaharlar Birlashgan Arab Amirliklarining Abu-Dabi va Ajman shaharlaridir. 

O‘zA