Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yevropa va AQSH o‘rtasidagi savdo ziddiyati tugadi (+video)
16:04 / 2025-07-28

Shotlandiyada bo‘lib o‘tgan uchrashuvda AQSH prezidenti Donald Tramp va Yevropa Komissiyasi rahbari Ursula fon der Lyayen tariflar bo‘yicha o‘zaro kelishuvga erishdi.

Avvalroq, AQSH Yevropa Ittifoqidan keltiriladigan barcha mahsulotlarga 30 foizlik boj joriy etish niyatida ekanini ma’lum qilgan edi. Ammo tuzilgan kelishuv natijasida bu ko‘rsatkich o‘rtacha 15 foizni tashkil etadi.

– Yevropa Ittifoqi Qo‘shma Shtatlardan 750 milliard dollarlik energiya xarid qilishga rozi bo‘ldi. Shuningdek, YeI Amerika iqtisodiyotiga qo‘shimcha ravishda 600 milliard dollar sarmoya kiritadi, - dedi Tramp o‘z bayonotida.

Shu tarzda, dunyodagi eng yirik bozor ishtirokchilari o‘rtasidagi savdo va tarif bo‘yicha keskin ziddiyat bartaraf etildi. Donald Tramp bu kelishuvni AQSHning savdo hamkorlari bilan teng muvozanatli munosabatlar o‘rnatish uchun qo‘yilayotgan qadam sifatida baholadi. 

Yevropa Komissiyasi rahbari Ursula fon der Lyayen ham kelishuvni tasdiqladi va uning ayrim jihatlari yaqin haftalarda batafsil e’lon qilinishini bildirgan. Uning ta’kidlashicha, yangi shartlar bo‘yicha import qilinadigan tovarlarning katta qismiga 15 foizlik tarif qo‘llaniladi, ammo ayrim tovarlar, xususan, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari uchun bojlar butunlay bekor qilinadi.

Uchrashuvdan oldin Tramp va fon der Lyayen o‘zaro kelishuv imkoniyatini “50 ga50” deb baholagan edilar.

<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/pIhu-0wWRCM?si=F4a790AnXVhN9ub6" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

K.Bekjonov, O‘zA