Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yevropa Ukrainaga yana 90 milliard yevro ajratadi
02:32 / 2026-02-12

Yevropa Parlamenti Ukrainaga 2026-2027 yillar davomida 90 milliard yevro kredit ajratish taklifini ma’qulladi. Ovoz berish yakuniy tasdiqlash uchun bu jarayondagi oxirgi zarur qadam edi.

642 Parlamentariyning 458 nafari yoqlagan qarorga 140 kishi qarshi chiqdi. 44 noib betaraf qoldi.

Ukrainaning moliyaviy ehtiyoji uchun birgalikda 90 milliard yevro ajratish mumkinligi 2025 yil dekabr oyida bo‘lib o‘tgan YeI sammitida tasdiqlangan. O‘shanda Belgiya muzlatilgan Rossiya aktividan shu maqsadda foydalanish to‘g‘risidagi qarorni inkor qilgan. Ushbu summaning 60 milliard yevrosi harbiy yordam uchun mo‘ljallangan bo‘lib, Yevropa mamlakatlaridan yuboriladigan qurol-yaroqqa ustuvor ahamiyat beriladi.

Rossiya esa G‘arbdagi aktivlari muzlatilishini "o‘g‘irlik" deb hisoblaydi.

S.Rahimov, O‘zA