Yevropa tillari haftaligi” futbol turnirining final bosqichi boʻlib oʻtdi
Bugun Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida ”Jismoniy baquvvatlik, aqliy teranlik va sogʻlom turmush tarzi” shiori ostida ”Yevropa tillari haftaligi” futbol turnirining final bosqichi boʻlib oʻtdi.

Tadbirni universitet prorektori Saidmuxtor Sadiqosimov kirish soʻzi bilan ochdi.
Universitetning xalqaro munosabatlar, xalqaro huquq va xalqaro iqtisodiy munosabatlar fakultetlarida hozir 1 ming 300 ga yaqin magistr, bakalavr tahsil olmoqda. Ular sportning koʻplab turlarida faol ishtirok etib kelmoqda.
Tadbirda Oʻzbekiston faxri Ravshan Ermatov, taniqli futbol sharhlovchisi Axbor Imomxoʻjayev, estrada xonandasi Kozim Qayumov turnir qatnashchilariga muvaffaqiyat tiladi.
Futbol turniri yakunida final bosqichi gʻoliblari mukofotlar bilan taqdirlandi.