Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki O‘zbekistonda
20:27 / 2018-07-12

Qarshida O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi tashabbusi bilan “Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YETTB) hamda kichik biznes o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik mexanizmlari” mavzuida seminar-trening o‘tkazildi.

Qarshida O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi tashabbusi bilan “Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YETTB) hamda kichik biznes o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik mexanizmlari” mavzuida seminar-trening o‘tkazildi.

Davlat va jamoat tashkilotlari, YETTB vakillari, tadbirkorlar va ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etgan tadbirda mamlakatimizda xususiy mulkdorlarning huquq va manfaatlarini ta’minlashga xizmat qiladigan mustahkam qonunchilik bazasi yaratilgani ta’kidlandi.

Xususan, davlat xizmatlari ko‘rsatishning zamonaviy, interaktiv usullari joriy etilmoqda. Davlat bilan ishbilarmonlar o‘rtasida tizimli muloqot yo‘lga qo‘yilib, mamlakat iqtisodiyotini barqaror rivojlantirish, yangi ish o‘rinlari yaratish va aholi daromadlarini oshirishning muhim omili sifatida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlantirish uchun ishonchli huquqiy kafolatlar yaratildi.

Mamlakatimizda 2017 yil sentyabr oyidan milliy valyutani erkin konvertatsiya qilish tizimiga o‘tilgani ham soha rivojida muhim ahamiyat kasb etdi. Yangi erkin iqtisodiy zonalar tashkil etilib, ularda sarmoyadorlarga keng imtiyozlar yaratib berildi.

– Prezidentimiz tomonidan imzolangan tarixiy hujjat – O‘zbekiston Respublikasining soliq siyosatini takomillashtirish konsepsiyasi mamlakatimizda tadbirkorlik sohasida olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlarning amaliy isbotidir, – deydi O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi raisi o‘rinbosari J.O‘roqov. – Mamlakatimizda xalqaro moliyaviy institutlar bilan hamkorlik rivojlanmoqda. YETTB bilan sheriklik aloqalarining qayta yo‘lga qo‘yilgani bunga yaqqol misol bo‘la oladi. Mazkur bank Markaziy Osiyodagi eng yirik institutsional investorlardan biri bo‘lib, mintaqa mamlakatlari iqtisodiyotining qishloq xo‘jaligi, infratuzilmani rivojlantirish, xususiy sektor kabi turli tarmoqlariga, jumladan, O‘zbekistonga ham yirik sarmoyalar kiritib kelmoqda.

Tadbirda Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki bilan O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi o‘rtasida2,5 million yevrolik“Kichik biznesga maslahat berish" (Advice for small business) loyihasi amalga oshirib kelinayotgani qayd etildi.

Ushbu dastur mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlari uchun professional ekspertlar tomonidan malakali xizmatlar ko‘rsatishni, mahalliy korxonalarda ilg‘or xorij tajribasini joriy etish orqali tadbirkorlik subyektlarining jahon bozoridagi raqobatbardoshligini oshirishni ko‘zda tutadi.

Bitim doirasida amalga oshiriladigan qiymati 20 ming yevrodan oshmaydigan (mahalliy ekspertlar ishtirokida bo‘lsa) va 60 ming yevrodan (xorijiy ekspertlar ishtirokida bo‘lsa) kichik loyihalar tadbirkorlarning kelgusi faoliyatiga katta hissa qo‘shadi.

Seminar davomida Qashqadaryo viloyatida faoliyat yuritayotgan kichik biznes subyektlari va xususiy tadbirkorlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan batafsil javob oldi.