Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki Moskva hamda Minskdagi ofisini yopmoqda
Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YeTTB) Moskva va Minsk shahridagi ofislarini yopishga qaror qilganini e’lon qildi. Bu haqdagi xabar bankning saytida keltirilmoqda.
"YeTTB Moskva va Minskdagi ofislarini yopish jarayonida turganini e’lon qiladi", – deyiladi bank tarqatgan matbuot xabarnomada.
YeTTBning ta’kidlashicha, bunday qarorga kelinishiga "Rossiya Federatsiyasining Belarus yordamida amalga oshirayotgan harakatlari natijasi sabab bo‘lgan".