Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yevropa standartlari asosida ishlab chiqilgan metodikalardan foydalanish bo‘yicha mintaqaviy o‘quv seminari o‘tkazildi
15:57 / 2024-09-20

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyoda salohiyatli yoshlar uchun muloqot va amaliy harakatlar (DARYA) loyihasi bilan hamkorlikda joriy yilning 19 sentyabr kuni “SCAFFOLD” metodikalaridan foydalanish bo‘yicha mintaqaviy o‘quv seminari o‘tkazdi.

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida tashkil etilgan mazkur seminarda oliy, professional va umumiy o‘rta ta’lim muassasalari hamda monomarkazlarning 100 nafarga yaqin pedagog kadrlari ishtirok etdi.

Qayd etilishicha, “SCAFFOLD” metodikalari Yevropa standartlari asosida ishlab chiqilgan bo‘lib, o‘quv jarayonlarini tashkil etishni rivojlantirish va mavzularni o‘quvchilar tomonidan oson o‘zlashtirishga qaratilgan.

Mazkur metodikalar o‘quvchilarda tadbirkorlik ko‘nikmalari (EntreComp), hayotiy ko‘nikmalar (LifeComp), yashil ko‘nikmalar (GreenComp) va raqamli ko‘nikmalar (Digcomp)ni shakllantirishga xizmat qiladi.

Muhayyo Toshqorayeva, O‘zA