Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yevropa Parlamentining COVID-19 pandemiyasi bo‘yicha maxsus qo‘mitasi tuzildi
14:58 / 2022-04-20

Yevropa Parlamentining COVID-19 pandemiyasi bo‘yicha maxsus qo‘mitasi tashkil qilindi, ish boshlangan. Bu haqda “ainews” agentligi xabar berdi.

Qo‘mitaning vazifasi – Yevropa mamlakatlarining COVID-19 pandemiyasiga nisbatan munosabatini o‘rganishdan iborat. Virusga qarshi kurashda to‘plangan tajriba kelgusida Yevropa Ittifoqining turli sohalarida qo‘l kelishi ham asosiy maqsad etib belgilangan.

Manba yozishicha, kecha qo‘mitaga Belgiya parlamenti deputati Ketlin Van Bremp rais etib tayinlangan. Unga to‘rt nafar o‘rinbosar ham saylandi.

Ma’lum bo‘lishicha, tashkilot tarkibida 38 kishi faoliyat yuritadi, a’zo shaxslar vakolatlari uzaytirilishi ham mumkin. Qo‘mita ta’sis yig‘ilishi o‘tkazilgan kundan e’tiboran 12 oy davomida ish olib boradi, bu jarayon vaziyatga qarab davom etishi haqiqatdan yiroq emas.

Maxsus qo‘mita ishining katta qismi pandemiya bilan bog‘liq to‘rtta yo‘nalishga qaratilgan: sog‘liqni saqlash, demokratiya va asosiy huquqlarga kelishilgan javob, ijtimoiy va iqtisodiy oqibatlar hamda YeIning boshqa mamlakatlar bilan munosabatlari.