Yevropa parlamenti AQSH bilan savdo shartnomasini ratifikatsiya qilishni to‘xtatdi
Yevropa parlamenti Qo‘shma Shtatlar yetakchisi Donald Trampning Grenlandiyaga qarshi tahdidlaridan so‘ng, YeI va Vashington o‘rtasidagi savdo shartnomasini ratifikatsiya qilish jarayonini “muzlatdi”.
“AzerTAJ” axborot agentligi yozishicha, aksariyat siyosiy guruhlar o‘tgan yili Yevropa Ittifoqi va AQSH o‘rtasida tuzilgan savdo shartnomasini ratifikatsiya qilishni to‘xtatib turishni qo‘llab-quvvatlagan.
Ma’lumot o‘rnida: Tramp Grenlandiyaning Qo‘shma Shtatlarga qo‘shilishi zarurligini bir necha bor ta’kidlagan. Birinchi muddati davomida u orolni sotib olishni taklif qilgan va o‘tgan yilning mart oyida uni anneksiya qilish mumkinligiga ishora bergandi.
G.Sattorova, O‘zA