Rossiya Federal Xavfsizlik Xizmati direktori Aleksandr Bortnikovning ta’kidlashicha, yaqinda Yevropa davlatlari havo hududida ro‘y bergan dronlar bilan bog‘liq voqealar NATO ning, ya’ni Yevropa davlatlari maxsus xizmatlari tomonidan qilinayotgan “o‘yin” ekanligini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu voqealarda G‘arb xizmatlari ishtirok etayotganiga shubha yo‘q. Bu haqda u 16 oktyabr kuni Samarqandda o‘tkazilgan MDHga a’zo davlatlarning xavfsizlik va maxsus xizmat rahbarlari kengashi yig‘ilishida ma’lum qildi, deb xabar beradi "Interfaks" agentligi.
Bortnikov ta’kidlashicha, “Yevropa Ittifoqi hududida go‘yoki Rossiya dronlari ishtirokida ro‘y berayotgan hodisalar” G‘arb davlatlari tomonidan faol targ‘ib qilinayotgan “Sharqdan tahdid” konsepsiyasiga mos keladi. Uning ta’kidlashicha, dronlarning paydo bo‘lishini Rossiya bilan bog‘lashga urinishlardan so‘ng G‘arb davlatlari bilan vaziyat yanada keskinlashgan. Bundan avval, prezident Vladimir Putin ham bu ishlarda Rossiyaning aybini rad etgan edi. U “Yevropa shaharlarida Rossiya dronlari uchushi uchun hech qanday maqsad yo‘q”- deb vaziyatni tushuntirishga uringan.
So‘nggi haftalarda Yevropa mamlakatlarining bir nechtasining osmonida yana noaniq dronlar kuzatilgan. Ular Germaniyaning Frankfurt-na-Mayne va Myunxen kabi yirik aeroportlari, shuningdek, mamlakat shimolidagi Kil shahri osmonida paydo bo‘lgan.
Bunday hodisalar boshqa davlatlarda ham sodir bo‘lgani aytiladi. Masalan, Shvetsiyada dronlar mamlakatning asosiy harbiy-dengiz bazasida qayd etilgan. Norvegiyada esa Rosvoll aeroporti yaqinida uch nafar Germaniya fuqarosi dronlarni noqonuniy ishlatgani uchun qo‘lga olingan. Bunday voqealar sababli Daniyaning Kopengagen va Olborga eroportlarida parvozlar vaqtincha to‘xtatilgan.
Bu hodisalar ortidan G‘arb maxsus xizmatlari Rossiyani Yevropaga qarshi gibrid urush olib borayotganlikda ayblamoqda. Xuddi shu nuqtai nazarni Germaniya kansleri Fridrix Mers ham tasdiqlab, Rossiya tomonidan qilinayotgan bunday tahdidlarga qarshi choralar rejasi tayyorlanayotganini ma’lum qildi.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/9hclYd3Mo4o" title="Yevropa osmonida uchayotgan dronlar kimniki?" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Kenja Bekjonov, Anvarxo‘ja Ahmedov, O‘zA