Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yevropa OAV O‘zbekistonning investitsiyaviy salohiyati haqida
16:11 / 2022-05-27

O‘zbekistonda Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli va izchil islohotlar xorijiy davlatlar ommaviy axborot vositalarida ham katta qiziqish uyg‘otmoqda. 

Jurnalistlar mamlakatdagi ulkan o‘zgarishlar, iqtisodiyotning turli tarmoqlarida yaratilayotgan qulay shart-sharoit haqida yozishmoqda.

- Islohotlar natijasi shuni ko‘rsatadiki, mamlakat Markaziy Osiyo mintaqasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiya drayveriga aylanishi mumkin”, - deb yozadi Germaniyaning «Russkiy Berlin» gazetasi jurnalisti “O‘zbekiston - imkoniyatlar darchasi” sarlavhali maqolasida. - 2029 yilgacha mamlakatga to‘g‘ridan-to‘g‘ri chet el investitsiyasini jalb qilish salohiyati 65 milliard dollarga baholanmoqda. Respublika investitsiyaviy imkoniyatining o‘ziga xos “an’anaviyligi” ekspertlarda alohida qiziqish uyg‘otadi – O‘zbekistonda, ayniqsa, yoqilg‘i-energetika sohasi, tog‘-kon sanoati, kimyo, qishloq xo‘jaligi tarmog‘i va to‘qimaqchilik sanoatiga yo‘naltirilayotgan investitsiyaga  talab yuqori.

Material muallifi o‘quvchi e’tiborini 2016 yil Prezident Shavkat Mirziyoyev ulkan islohotlar dasturini e’lon qilganiga qaratadi. “2017 yilgacha kapitalni olib chiqish bo‘yicha cheklov, bank faoliyatida qat’iy tartib bo‘lishiga qaramay, O‘zbekiston YAIM  yiliga 7-9 foiz o‘sli. Ikki yillik jadal islohot natijasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiya uchun qulay sharoit yaratildi”, - yozadi muallif.

“Bank islohoti jarayoni yaqin kelajakda O‘zbekistonga to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiya kiritilishi bo‘yicha asosiy ko‘rsatkichni o‘zgartira oladigan muhim omil bo‘ladi. Erkin valyuta kursiga o‘tish va kapitalni repatriatsiya qilish bilan bog‘liq cheklovlarni olib tashlash qarori bilan xorijiy investitsiya uchun imkoniyat eshigi ochilgan”, - deya qo‘shimcha qilinadi maqolada.

Shveysariyaning «Finanz und Wirtschaft» iqtisodiyot jurnali ham “O‘zbekiston sarmoyadorlarni jalb qilmoqda” sarlavhali maqolada mamlakatimizning investitsiyaviy salohiyatiga alohida to‘xtalgan. Prezident Shavkat Mirziyoyev  respublika iqtisodiyotini izchil erkinlashtirmoqda, deb yozadi nashr jurnalisti A.Trentin. Muallif bu o‘rinda  “Asia Frontier Capital Ltd”. investitsiya jamg‘armasi direktori Skott Osheroffning so‘zlarini keltiradi: 

- Mamlakatda siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy islohot jadal kechmoqda, OAV erkinligi oshmoqda”. 34,5 million aholisi bilan O‘zbekiston juda yirik bozor. Mamlakat shu sur’atda rivojlanishda davom etsa, katta iste’mol bazasiga ega iqtisodiyotga ega bo‘ladi. Rahbariyat to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy invvestitsiya jalb qilishga jiddiy e’tibor qaratmoqda. Dunyoda paxta yetishtirish bo‘yicha oltinchi o‘rinda turadigan O‘zbekiston to‘qimachilik sanoatini jadal rivojlantirishni,  davlatning iqtisodiyotdagi  ulushini qisqartirgan holda, barcha ob’ektlarni xususiylashtirishni rejalashtirgan.

O‘zbekistonda madaniyat sohasiga katta e’tibor qaratilmoqda

“Mueller&Shindler” noshirlik uyi.  Ochiq osmon ostidagi muzey — Xiva madaniy yodgorliklari go‘zalligi bilan kishini hayratga soladi. Shahar o‘rta asrlarda Buyuk ipak yo‘lidagi muhim savdo markazi edi. bugungi kungacha saqlanib qolgan boy ma’naviy-madaniy meros Xivani zamonaviy O‘zbekistonning eng go‘zal maskanlaridan biriga aylantirgan. Xususan, madaniy meros haftaligi doirasida shaharda o‘tkazilgan “Markaziy Osiyo dunyo sivilizatsiyalari chorrahasida” xalqaro forumida ko‘plab sharqshunos olimlar mintaqa xalqlarining umumiy madaniyati va merosini asrash, o‘rganish va ommalashtirish masalasini muhokama qildi.

- Madaniyat O‘zbekiston milliy g‘oyasining bir qismini tashkil etadi”, - deydi Rossiya Fanlar akademiyasi Sharq qo‘lyozmalari instituti direktori Irina Popova. — Ma’lumki, Prezident uchinchi uyg‘onish davri, ya’ni yangi sharoitda mamlakatni qayta tiklash boshlanganini e’lon qildi. Bu bosqichda madaniyat sohasiga juda katta e’tibor qaratilmoqda.

“O‘zbekiston madaniy merosi dunyo to‘plamlarida” loyihasi mamlakatning boy merosini birlashtirishga qaratilgan. Popovaning so‘zlariga qaraganda, hali dunyoda bunday ko‘lamdagi boshqa biror g‘oya ishlab chiqilmagan. Loyiha doirasida olimlar 50 jilddan iborat 15 ta yangi kitob-albom taqdim etishdi. Asarlar O‘zbekistonning barcha kutubxonalari va ta’lim muassasalariga bepul tarqatildi.

Loyihaning yana bir yo‘nalishi – qadimiy qo‘lyozma va miniatyura durdonalarining elektron nashrlarini chop etish. “Mueller&Shindler” noshirlik uyi bunday noyob tarixiy kitoblarni ommaga taqdim qilishga ko‘maklashmoqda. Shu yili jamoa X asr astronomi va matematigi As-So‘fiyning “Turg‘un yulduzlar kitobi” faksimilesini nashrdan chiqardi.

XV asrda Mirzo Ulug‘bek buyrug‘iga ko‘ra, ushbu asar qo‘lyozma nusxasi tayyorlangan. “Mueller&Schindler” noshirlik uyi prezidenti Sharlotta Kramerning so‘zlariga qaraganda, Mirzo Ulug‘bek uchun mo‘ljallangan bu juda nodir maxsus qo‘lyozma uning hukmronligi davrida atigi uch nusxada tayyorlangan. Kitobning asl nusxasi Fransiya Milliy kutubxonasida saqlanmoqda. Asl nusxaning o‘lchami, bosma turi, qog‘ozi, qo‘lda yozilgan matni va zarhalda kiritilgan qo‘shimchalar mutlaq aniqlik bilan qaytadan tiklandi.

I. Abdumalikzoda, O‘zA