French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yevropa mamlakatlarida COVID raqamli pasport tizmi ishga tushdi
16:17 / 2021-07-02

Yevropa ittifoqida “COVID-darajali” raqamli sertifikatlar tizimi ishga tushdi.

Uning yordamida kishining emlangani, virusga salbiy testi borligi yoki uning yaqinda sog‘ayib ketgani bo‘yicha komil ishonch hosil qilish mumkin.

Sertifikat sohibi u tan olingan davlatlar bo‘ylab sayohatga borishi mumkin. Yevroittifoq davlatlarida sertifikat egasiga cheklovlar joriy qilinmaydi.

U 27 a’zo davlatning barchasida, shuningdek, Shveysariya, Islandiya, Norvegiya va Lixtenshteynda tan olingan.  

Lekin bu sertifikat Yevroittifoqda tan olingan vaksina olganlargagina beriladi.