Yevropada bir vaqtlar muddatli harbiy xizmatni o‘tmish qoldig‘i, deb hisoblagan mamlakatlar endi o‘sha tartibni yana qabul qilmoqda.
Masalan, “Anadolu” agentligi yozishicha, Norvegiya ko‘p vaqtdan beri barcha, jumladan ayollarni ham harbiy xizmatga jalb qilib kelmoqda. Shvetsiya ham muayyan tanaffusdan keyin chaqiruvni qayta tikladi, Daniya esa jarayonni kengaytirib, ro‘yxatga ayollarni ham qo‘shdi.
Litva va Latviya majburiy harbiy xizmatni xavfsizlik uchun juda muhim, deb bilmoqda. Polsha o‘smirlarni qurol bilan muomalaga o‘rgatyapti. Germaniya kutilmaganda muddatli harbiy xizmat bilan bog‘liq “yangi usul”ni muhokama qila boshladi. Hozir mamlakat yoshlarining xizmatga tayyorligi haqida ma’lumot to‘planmoqda. Hatto, Xorvatiya ham 17 yillik tanaffusdan so‘ng muddatli harbiy xizmatni tiklashga tayyorgarlik ko‘ryapti. Fransiya bu borada yagona istisnochi tariqasida ixtiyoriy tartibga ega. Binobarin, farang yurtida ham o‘smirlar majburiy tayyorgarlikdan o‘tmoqda.
Xullas, umumiy manzara aniq: Yevropa o‘z mudofaa siyosatini qayta shakllantirmoqda va yana fuqarolar mudofaada ishtirok etishiga e’tibor qaratmoqda.
S.Rahimov, O‘zA