YeK mojaroning qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetkazib berish zanjiriga ta’sirini kamaytirishga harakat qilish uchun Polsha va Ukraina o‘rtasida maxsus savdo yo‘llarini o‘rnatishni taklif qilmoqda.
Bu haqda Ispaniyaning “ABC” nashri xabar berdi. “ABC” nashri xabariga ko‘ra, Yevropaning qishloq xo‘jaligi bo‘yicha komissari Yanush Voysexovskiy Ukraina Polsha portlaridan Boltiq dengizi orqali oziq-ovqat eksport qila olishi uchun YeK “yashil yo‘lak” tashkil etishga tayyorligini aytdi. Yanush Voysexovskiy Polsha bosh vaziri Mateush Moravetski bilan ham bu masalani muhokama qilgan.
– U menga Ukrainani qo‘llab-quvvatlash uchun qo‘lidan kelgan barcha ishni qilishga tayyorligini tasdiqladi, – dedi Voysexovskiy. Qayd etilishicha, YeK taklif etayotgan kanallar Yevropadan Ukrainaga oziq-ovqat yetkazib berish uchun ham xizmat qilishi mumkin. Shu bilan birga, Yevropa komissari ayni damda ukrainalik qochqinlarga yordam berish ustuvor vazifa ekanini ham ta’kidlagan.