Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yevropa komissiyasi Kiyevga yangi kredit taklif qilmoqchi
15:36 / 2025-10-22

– Yevropa Komissiyasi yaqin haftalarda Kiyevga Rossiyaning muzlatilgan aktivlari garovi ostida yangi kredit olish bo‘yicha taklif kiritishga tayyor, - dedi YeI komissari Valdis Dombrovskis. – Bryussel “reparatsiya krediti” deb atagan yangi kredit Rossiya Markaziy bankining Yevropa Ittifoqida saqlanayotgan immobilizatsiyalangan aktivlaridagi qolgan naqd puldan moliyalashtiriladi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, YeK tashabbusi “xalqaro huquqqa to‘liq mos keladi”.

Ta’kidlanishicha, G7 tomonidan kelishilgan Rossiya aktivlari hisobidan olingan kredit bo‘yicha Kiyev avval va’da qilingan 45 milliard yevroning 25 milliard yevrodan ortig‘ini olgan.

2022 yildan beri Yevroittifoq Ukrainaga 178 milliard yevro ajratgan, deyiladi xabarda.

Ma’lumot o‘rnida: RF – Ukraina ziddiyati boshlanganidan so‘ng, YeI va G7 davlatlari Rossiya valyuta zaxiralarining deyarli yarmini muzlatib qo‘ydi. Bu taxminan 300 milliard yevroni tashkil etadi. 

S.Rahimov, O‘zA