Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yevropa komissiyasi Facebook bilan bog‘liq tekshiruvni boshladi
19:00 / 2021-06-04

Yevropa komissiyasi Facebook platformasiga qarshi rasmiy antitrestlik tergov ochilganini e’lon qildi. Onlayn-gigant YeIning raqobat qoidalarini buzganlikda ayblanmoqda.

Yevropa Komissiyasi Facebook faol bo‘lgan bozorlarda, masalan, reklama beruvchilar tomonidan to‘plangan ma’lumotlardan foydalangan holda, YeI raqobat qoidalarini buzganmi yoki yo‘qmi degan savolga javob qidirmoqda.

Platforma “Facebook Marketplace” onlayn reklama xizmatini o‘zining ijtimoiy tarmog‘iga bog‘lab qo‘ygan. Bu esa ayrim qoidalarning buzilishiga olib kelgan, deyiladi komissiya xabarida.

Yevropa komissiyasi Ijrochi vitse-prezidenti Margret Vestester yig‘ilgan ma’lumotlar Facebook uchun ortiqcha raqobatbardosh ustunlik berish-bermasligini batafsil ko‘rib chiqishga va’da berdi.