Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili bilan uchrashuv
18:32 / 2021-10-04

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Irgashev Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili Tera Hakala bilan uchrashdi.

Uchrashuvda O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi Afg‘oniston yo‘nalishidagi munosabatlarning hozirgi holati va istiqbollari muhokama etildi.

[gallery-4144]

Yevropa Ittifoqi vakili O‘zbekistonning Afg‘onistonda uzoq muddatli va barqaror tinchlikni o‘rnatishdagi muhim rolini ta’kidladi.

Shuningdek, Yevropa tomoniga O‘zbekistonning afg‘on xalqiga insonparvarlik yordami ko‘rsatishga va Afg‘onistonga iqtisodiy ko‘mak berish borasidagi sa’y-harakatlari to‘g‘risida ma’lumot berildi.

Oqil G‘ULOMOV (surat), O‘zA