Yevropa Ittifoqining kiberxavfsizlik va kosmos bo‘yicha strategiyasi ishlab chiqiladi
Yevropa Ittifoqi o‘z tarixidagi birinchi bor “Strategik kompas” mudofaa dasturi doirasida kiberxavfsizlik va kosmos bo‘yicha strategiyasi ishlab chiqishni rejalashtirmoqda, deyiladi Yevrokengash tarqatgan bayonotda.
“RIA Novosti” xabariga ko‘ra, Yevropa mudofaasining dastlabki strategiyasi bo‘yicha Ittifoq tashqi ishlar va mudofaa vazirlari Bryusselda uchrashishga kelishdi.
Strategiya 24 mart kuni YeI yetakchilari sammitida tasdiqlanishi kutilmoqda.
“Yevroittifoq kiberhujumga yaxshiroq tayyorgarlik ko‘rish uchun kiberdiplomatik vositalarni takomillashtirib, kiberhimoya hamda mudofaa va kosmosdagi xavfsizlik bo‘yicha strategiya ishlab chiqmoqchi”, deyiladi hujjatda.