Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yevropa Ittifoqiga eksport qilinadigan mahsulotlar soni 700 taga yetkazish rejalashtirilmoqda
18:19 / 2024-09-20

O‘zbekiston Milliy matbuot markazida O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi tizimidagi O‘zbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi tomonidan «Sifat infratuzilmasini yaxshilashda sinov laboratoriyalarining o‘rni va muvofiqlikni baholash tizimidagi yangiliklar» mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Matbuot anjumanida qayd etilishicha, O‘zbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi tomonidan joriy yilning yanvar-avgust oylari davomida tizimli ishlar amalga oshirilgan. Jumladan, sinov laboratoriyalarni akkreditatsiya talablariga moslashtirish maqsadida jami 4 mlrd 483 mln so‘mlik 290 ta o‘lchash vositalari, sinov uskunalari, kimyoviy reaktivlar, standart namunalar hamda yordamchi jihozlar xarid qilingan.

Toshkent «Sifat nazorati va ilmiy tadqiqotlar markaziy laboratoriyasi»da akkreditatsiya sohasini kengaytirish yuzasidan bo‘lib o‘tgan audit natijasida aniqlangan nomuvofiqliklar bartaraf etilib, akkreditatsiya sohasi 188 ta va boshqa sinov usullariga kengaytirildi.

Toshkent «UzMetconstruction» sinov laboratoriya majmuasi qurilish va metall mahsulotlari bo‘yicha 630 ta (shundan, 109 tasi xalqaro) sinov uslublari bilan akkreditatsiyadan o‘tkazildi. Markazning sinov laboratoriyalar majmuasi Pskentdagi maishiy konditsionerlarning energiya samaradorligini baholash sinov laboratoriyasining akkreditatsiya sohasi kengaytirildi.

Bundan tashqari, «Quality and Safety-Testing» sinov laboratoriyasining akkreditatsiya doirasini kengaytirish maqsadida qo‘shimcha 11 ta sinov usuli shakllantirilib, akkreditatsiya markazi tomonidan audit o‘tkazildi. Shina mahsulotlarini to‘liq sinovlarini tashkil etish maqsadida, GOST 4754-97 standarti talabiga muvofiq tezlik va yuklamaga bardoshlilik ko‘rsatkichini aniqlash uchun xarid qilingan sinov uskunalari o‘rnatish ishlari yakunlandi.

Janubiy Koreya Respublikasining KCL kompaniyasi vakillari bilan joriy yilning 3-6 sentyabr kunlari o‘zaro muzokaralar o‘tkazilib, hamkorlikda quyosh panellarini sinash laboratoriyasini tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Mahsulotlarni sertifikatlash yo‘nalishida yanvar-avgust oylari davomida jami 19 ming 220 ta muvofiqlik sertifikati rasmiylashtirildi.

Markazning sifat menejmenti tizimlarini sertifikatlashtirish organi tomonidan yanvar-avgust oylari davomida 111 ta muvofiqlik sertifikati rasmiylashtirildi. Mahsulotlarni sertifikatlashtirish jarayonlarida jami 5 ta mahsulot sifatsizligi aniqlanib, yaroqsiz deb topildi.

Avgust oyida «KLIMATHOUSE» XK tomonidan Xitoy Xalq Respublikasidan import qilingan 10 ming 920 dollar miqdoridagi 84 to‘plam havo sovitkich mahsulotlari, shuningdek, «KLIMATHOUSE» XK tomonidan Xitoy Xalq Respublikasidan import qilingan 43 960 dollar miqdoridagi 556 to‘plam havo sovitkich mahsulotlari normativ hujjatlarning tegishli bandlari bo‘yicha nomuvofiqligi aniqlanib, ichki bozorda muomalaga chiqarilishi to‘xtatildi.  

Yil davomida 1 ming 400 korxonaga xalqaro menejment tizimlari standartlarini joriy etish bo‘yicha hududlar va tarmoqlar kesimida ro‘yxat shakllantirildi. Shu bilan birga, viloyat hokimliklari bilan tarmoq jadvallari ishlab chiqilib, tasdiqlandi.

Mazkur tarmoq jadvallariga asosan 793 korxonaga menejment tizimlari standartlari joriy qilinishiga ko‘maklashib, muvofiqlik sertifikatlari rasmiylashtirildi. Davlat reyestrida OʻZAK.MS.0103 son bilan ro‘yxatga olingan «Toshkent» mahsulotlarni sertifikatlash organi tashkil etildi. Elektrotexnika mahsulotlarini sertifikatlash organi 8 ming 517 ta tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklatura kod (TIF TN)lari guruhiga mansub ayrim mahsulotlarni akkreditatsiya sohasiga kiritdi.

Menejment tizimlarini sertifikatlash organi akkreditatsiya doirasini tekstil mahsulotlari bo‘yicha kengaytirildi. «Termiz xalqaro savdo markazi» erkin savdo zonasida tadbirkorlik sub’ektlariga qulay sharoitlar yaratish maqsadida sertifikatlashtirish xizmatlari ko‘rsatish shoxobchasi tashkil etildi.

Matbuot anjumanida qayd etilishicha, joriy yilning yakuniga qadar 15 ta xorijiy davlatga mahsulot yetkazib berishdagi talablar o‘rganilib, eksportyor korxonalarga qo‘llanma shaklida yetkaziladi. Shuningdek, GSP+ imtiyozlari doirasida Yevropa Ittifoqiga eksport qilinadigan mahsulotlar sonini 700 taga yetkazish maqsadida, eksportyor korxonalar bilan manzilli ishlanib, ularga sohaga oid amaliy yordamlar ko‘rsatiladi.

Elektron kooperatsiya portaliga 18 ming 102 korxona a’zo bo‘lgan. Eksport qilinadigan mahsulotlar turini kengaytirish, yangi bozorlarga kirish maqsadida eksportchi korxonalar va tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda ishlar olib borilgan. Shuningdek, xaridorgir oziq-ovqat, qishloq xo‘jaligi, to‘qimachilik va yengil sanoat yo‘nalishlaridagi 10 turdagi tayyor mahsulotning har biriga 10 tadan yangi istiqbolli bozorlar aniqlandi.

Shahnoza Mamaturopova,

O‘zA