Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yevropa Ittifoqida dori-darmon tanqisligi yuzaga kelmoqda
21:13 / 2020-04-08

Ayni paytda dunyo boʻylab koronavirus tarqalishining oldini olish bilan bir qatorda Covid-19ʼga chalingan bemorlarni davolash ham barcha davlatlar oldidagi dolzarb masala boʻlib qolmoqda.


Ayni paytda dunyo boʻylab koronavirus tarqalishining oldini olish bilan bir qatorda Covid-19ʼga chalingan bemorlarni davolash ham barcha davlatlar oldidagi dolzarb masala boʻlib qolmoqda.

Germaniyaning “Velt” gazetasi yozishicha, Yevropa Ittifoqida ayni kunlarda dori-darmon tanqisligi yuzaga kelmoqda. Yevropa Ittifoqi komissiyasi Yevropadagi bir qator farmatsevtika uyushmalariga yozma bayonnoma bilan murojaat qilib, YEI mamlakatlarida yaqin kunlarda Covid-19 bilan kasallangan ogʻir bemorlarni davolash uchun zarur boʻlgan dori vositalari tugab qolishi haqida ogohlantirgan.

Bu preparatlar asosan tinchlantiruvchi, ogʻriq qoldiruvchi, qayta jonlashtirish uchun zarur dori vositalari, miorelaksant va antibiotiklardir.

“Velt” gazetasi va Londondagi Jurnalistik surishtiruvlar byurosi ixtiyoridagi rasmiy murojaatda Yevrokomissiyaning sogʻliqni saqlash boʻyicha komissari Stella Kiriakides Yevropadagi uyushmalar farmatsevtika kompaniyalarini nomi keltirilgan dori vositalarini shoshilinch ravishda koʻp miqdorda ishlab chiqarishga chaqirishini soʻragan. Xatda bu masalalar “oʻta shoshilinch” ijro etilishi kerak deb alohida taʼkidlangan.

YEIning bir necha mamlakatlari Dori vositalari boʻyicha Yevropa agentligiga (YEMA) zaxiradagi hayotiy zarur dori-darmonlar faqat bir haftaga yetishini maʼlum qilgan. Klinikalarning murojaatida, qayta jonlantirishda zarur boʻladigan jami 47 turdagi dori-darmonlar oʻz nihoyasiga yetayotgani haqida aytilgan.

Intensiv terapiya boʻlimidagi Covid-19 virusi bilan zararlangan va sunʼiy nafas olish apparatiga ulangan bemorlarga 50 turdagi dori-darmonlar kerak boʻladi, jumladan, tinchlantiruvchi dori vositalari va intubatsiya jarayonida foydalaniladigan preparatlar, deyiladi yozma murojaatda.

Shuningdek, murojaatnomada Yevropa Ittifoqining baʼzi mamlakatlarida, jumladan, Ispaniya, Fransiya, Shvetsiya, Finlyandiya va Avstriyada ogʻir bemorlarni davolash uchun zarur boʻlgan dori vositalari tugab boʻlgani alohida qayd etilgan.

Jurnalistik surishtiruvlar byurosining maʼlumotiga koʻra, dori vositalarining tanqisligi Covid-19 bilan kasallangan bemorlarni davolashda mavjud muqobil dori vositalaridan foydalanish zaruratiga olib keladi. Biroq, bu preparatlarning katta yoshli bemorlar salomatligi uchun kuchli nojoʻya taʼsiri boʻlish ehtimoli yuqori.

Bu esa, oʻz navbatida, davolash sifatiga salbiy taʼsir koʻrsatishi mumkin. Ayniqsa, bunday preparatlarni qoʻllash narkoz uchun qoʻllaniladigan vositalar deleriyani (Alahlash, deliriy – ong oʻzgarishining bir turi, voqealarni anglash qobiliyatining buzilishi), yaʼni miya faoliyatining ogʻir koʻrinishdagi buzilishiga, bemor ongiga, xotirasi va psixomotorikasiga nojoʻya taʼsir qilishi mumkin.

Britaniya farmatsevtika uyushmasi raisi Greg Barton jurnalistlarga bergan intervyusida bu epidemiya orqali yuzaga kelgan dori vositalari tanqisligi bemorlarni ogʻriq qoldiruvchi dorilar bilan taʼminlash masalasini 20 yil “orqaga uloqtiradi”.