Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yevropa Ittifoqi rahbarlarining mamlakatimizga tashrifi yakunlandi
17:47 / 2025-04-04

Samarqand shahri mezbonlik qilgan «Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi» birinchi sammiti yakuniga yetdi.

Ushbu nufuzli sammit ishida Markaziy Osiyo davlatlari va Yevropa Ittifoqining asosiy institutlari rahbarlari ishtirokida ko‘p tomonlama tadbirlar bo‘lib o‘tdi. 

Mazkur sammit tadbirlarida ishtirok etgan Yevropa kengashi Prezidenti Antoniu Koshta, Yevropa komissiyasi Prezidenti Ursula fon der Lyayen ham mamlakatimizga tashrifini yakunladi. 

Samarqand xalqaro aeroportida martabali mehmonlarni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov va boshqa rasmiylar kuzatib qo‘ydi. 

Ikrom AVVALBOEV, Otabek MIRSOATOV, (surat), O‘zA