Yevropa Ittifoqi kambag‘al davlatlarni tabiiy ofatlar oqibatlariga qarshi kurashda qo‘llab-quvvatlash uchun jamg‘arma yaratishga rozi bo‘ldi
Misrda bo‘lib o‘tgan COP27 iqlim sammitida Yevropa komissiyasi vitse-prezidenti Frans Timmermans rivojlanayotgan mamlakatlarga yordam berish uchun “talafot va ziyonlar” jamg‘armasini yaratishni taklif qildi, deb yozadi “The Guardian”.
Bunday qarorga rivojlangan mamlakatlar faol qarshilik ko‘rsatdi, biroq, G7 davlatlari uchun jamg‘arma yaratish sammitdagi asosiy talablardan biri edi.
Timmermans izohlashicha, Yevropa Ittifoqi ham bunday jamg‘armani shakllantirishga qarshi, chunki, iqlimni moliyalashtirish uchun ishlab chiqilgan vositalar mavjud bo‘lib, yangi mexanizmni yaratish ko‘p vaqtni talab etadi. Ammo, rivojlanayotgan mamlakatlar uni joriy etilishida qat’iy turib oldilar.
O‘z navbatida, Yevropa Ittifoqi bunday harakat barcha davlatlarni iqlim maqsadlariga erishish uchun chiqindilarni yanada jiddiyroq qisqartirishga undaydi, deb hisoblaydi.
G.Abdullayeva,
O‘zA