Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yevropa Ittifoqi: Falastin hududidagi Isroil qishloqlari noqonuniy hisoblanadi
16:09 / 2021-10-26

Falastin hududida paydo bo‘lgan Isroilning barcha qishloqlari noqonuniy va ular tan olinmaydi, deyiladi dushanba kuni Yevropa Ittifoqi rasmiy vakili tarqatgan bayonotda.

Bundan avval Isroil hukumati Iordan daryosining G‘arbiy qirg‘og‘idagi Falastin hududida yahudiylar yashaydigan qishloqlarda 1 ming 300 tadan ortiq turar-joy qurish bo‘yicha tenderlarni e’lon qilgan edi.

"Qishloqlar xalqaro huquqlarga muvofiq noqonuniy hisoblanadi, ular ikki davlat o‘rtasida mustahkam tinchlik o‘rnatish uchun asosiy to‘siqlardan biri bo‘lmoqda", - deyiladi xabarda.

YeI o‘zining 1967 yilgi mojaroga qadar mavjud bo‘lgan chegaraga hamda Quddusga shahriga taalluqli qandaydir o‘zgartishlar kiritilishini tan olmaslik pozitsiyasini yana bir bor eslatadi, deyiladi xabarda.