Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yevropa ittifoqi dunyo mamlakatlariga qancha vaksina yetkazishga erishdi?
10:13 / 2021-10-29

Yevropa ittifoqi joriy yil boshidan buyon dunyoning 150 mamlakatiga 1,2 milliard dozadagi COVID-19 vaksinasini yubordi.

“TASS” xabariga ko‘ra, Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayen 30-31 oktyabr kunlari Rimda bo‘luvchi “Katta yigirmatalik”ning sammiti oldidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida shu xususda fikr bildirdi.

“Yevroittifoq 2021 yilning 10 oyi davomida dunyoning 150 mamlakatiga 1,2 milliard dozadagi vaksinani eksport qildi, dedi fon der Lyayen.