Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yevropa Ittifoqi Delegatsiyasi rahbari bilan uchrashuv
20:58 / 2022-05-25

O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Vladimir Norov Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi Delegatsiyasi rahbari Sharlott Adrian bilan muzokara o‘tkazdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati ma’lum qilgan.

Muloqot chog‘ida O‘zbekiston va YeI o‘rtasidagi hamkorlikning bugungi holati va rivojlanish istiqboli, ikki tomonlama hamda mintaqaviy bo‘lajak tadbirlar muhokama qilindi.

Adrian xonim O‘zbekiston bilan so‘nggi yillarda tomonlarni qiziqtirgan keng ko‘lamli aloqa faollashganini ijobiy baholadi. Siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sheriklikni mustahkamlashga xizmat qilayotgan qo‘shma hamkorlik institutlari samarali faoliyat yuritayotgani qayd etildi.

YeIning Markaziy Osiyo bo‘yicha strategiyasi doirasida raqamlashtirish, «yashil» iqtisodiyot, energetika, transport, qishloq xo‘jaligi, atrof-muhit va iqlim o‘zgarishi kabi sohalarda qo‘shma loyihalar ko‘lamini kengaytirish muhimligi ta’kidlandi.

Tomonlar o‘zaro bog‘liqlikni mustahkamlash va barqaror rivojlanish masalalariga bag‘ishlangan “Yevropa ittifoqi – Markaziy Osiyo” vazirlar uchrashuvini Samarqand shahrida o‘tkazish va tadbirga puxta tayyorgarlik ko‘ishga tayyorligi tasdiqlandi.

Shuningdek, mintaqaviy va xalqaro masalalar yuzasidan fikr almashildi.

O‘zA