Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yevropa Ittifoqi bilan Xorazmning tashqi savdo aylanmasi 4 barobar oshdi
19:39 / 2025-10-07

Urganchda Xorazm viloyat hokimi Jo‘rabek Rahimov Yevropa Ittifoqi xalqaro maslahat kengashining ekspertlari Alfred Guzenbauer, Aleksandr Kvasnevskiy va Shtefan Fyuleni qabul qildi.

Muloqot chog‘ida Yevropa Ittifoqi mamlakatlari bilan ko‘p qirrali hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

– Xorazm viloyatining iqtisodiyoti ko‘p tarmoqli,– deydi Yevropa Ittifoqi xalqaro maslahat kengashi eksperti Alfred Guzenbauer. Ayniqsa, avtomobilsozlik sanoati, turizm, tekstil va qishloq ho‘jaligi sohalari yaxshi rivojlangan. Bu yo‘nalishlarda hamkorlikni olib borish istiqbolli deb bilaman. Xalqaro ekspert sifatida shuni ta’kidlashim mumkinki, investor va sarmoyadorlar uchun imtiyozlar berilgan sanoat zonalarining bu yerda mavjudligi imkoniyatlarni yanada kengaytiradi. Vohada turistlar oqimini yanada kengaytirish uchun yangi g‘oyalarga qo‘l urilmoqda. Shuning uchun, ham Yevropa va O‘zbekistonni bog‘lovchi yo‘llarni yanada takomillashtirish bugungi suhbatimizning asosiy mavzularidan biri bo‘ldi. 

Ma’lumot uchun: Xorazm viloyatining Yevropa Ittifoqi bilan tashqi savdo aylanmasi 5 yil oldin 20 mln dollarni tashkil qilgan bo‘lsa, o‘tgan yili ushbu ko‘rsatkich 4 marta oshib, 80 mln dollarga yetdi.

Bugungi kunda viloyatda xorijiy investorlar ishtirokidagi 200 tadan ortiq korxonalar faoliyat yuritayotgan bo‘lsa, shundan 47 tasi yevropalik sarmoyalar bilan hamkorlikda tashkil qilingan.

Ahmadjon Shokirov, Behzod Saidov (surat), O‘zA muxbirlari