Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yevropa Ittifoqi Afgʻonistonga 535 million dollarlik yordam puli beradi
11:51 / 2018-11-28

Yevropa Ittifoqi Jenevada oʻtayotgan Afgʻonistonda barqarorlikni tiklash boʻyicha oʻtayotgan sammitda Afgʻoniston iqtisodini rivojlantirish uchun yordam shartnomasiga imzo chekdi.

Yevropa Ittifoqi Jenevada oʻtayotgan Afgʻonistonda barqarorlikni tiklash boʻyicha oʻtayotgan sammitda Afgʻoniston iqtisodini rivojlantirish uchun yordam shartnomasiga imzo chekdi.

Yevropa Ittifoqi tomonidan Afgʻoniston boʻyicha qilingan yordam shartnomasi davlat tuzilishi va davlat sektorini isloh qilish, sogʻliqni saqlash, huquqni muhofaza qilish va saylovlarni qoʻllab-quvvatlash, shuningdek, Afgʻonistondagi migratsiya va joylardagi muammolarni hal qilish uchun 474 million yevro (535 million dollar) miqdordagi mablagʻ ajratdi.

“Yevropa Ittifoqi Afgʻoniston va uning xalqi bilan mamlakat uchun mustahkam kelajakni tiklash tarafdori“, - deydi Xalqaro hamkorlik va taraqqiyot komissari Neven Mimika.

Jenevada boʻlib oʻtayotgan ikki kunlik sammit Afgʻoniston hukumatiga barqarorlik va xavfsizlikka erishish yoʻlida yordam berishga qaratilgan.