Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yevropa gaz narxi oshgani uchun ko‘mirga o‘tadi
13:32 / 2021-10-12

Yevropadagi kompaniyalar gaz qimmatlashib ketgani uchun ko‘mir bozoriga e’tiborni qaratmoqda, lekin ko‘mir narxi ham rekord darajada qimmatlashdi, deyiladi BofA Global Research report e’lon qilgan hisobotda.

So‘nggi oylarda Yevropada gaz narxi keskin oshib ketdi, 6 oktyabrda narx 1937 dollarga chiqib, rekord o‘rnatgan edi. Biroq dushanba kungi birja savdosi ochilganda uning narxi 5 foizga tushdi va ming kub metr gaz narxi 1000 dollardan pastladi.

Energetik ko‘mir narxi ham oshmoqda. Masalan, yaqinda Avstraliyaning Newcastle va Yevropaning API2 markasi uchun narx bir tonnaga  250 dollar qilib belgilandi. Bunaqasi tarixda hali kuzatilmagan. Barchasiga gazning  global narxi keskin oshib ketgani sabab bo‘lmoqda", deyiladi hisobotda.

O‘tgan kuz bilan solishtirganda ko‘mir narxi ham  to‘rt barobarga qimmatlashdi, lekin gaz narxi undanda oshib ketdi. TTF bo‘yicha gaz 16 kundan buyon ikki barobarga oshdi, Newcastle va API2 ko‘miri esa xuddi shu vaqt ichida 60 foizga qimmatlashdi.

Ko‘mir bozoridagi narx oshishlari joriy yil boshida pandemiyadan keyingi talabning tiklanishi ortidan boshlangani aytilmoqda.