English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yevropa davlatlarning harbiy harajatlari samarasiz deb baholanmoqda
12:27 / 2022-03-20

Yevropa ittifoqiga a’zo davlatlarning harbiy harajatlari hozir 200 milliard dollarni tashkil qiladi, bu esa, Rossiyaning mudofaa harajatlariga taqqoslaganda to‘rt baravar ko‘p.

“TASS” xabariga ko‘ra, bu haqda Yevropa diplomatiyasi rahbari Jozep Borrel Yevrokengashning tashqi ishlar va mudofaa masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilishi yakuni bo‘yicha matbuot anjumanida fikr bildirgan. 

“Mudofaaga sarflayotgan harajatlarimiz Rossiyanikidan to‘rt baravar ko‘p, lekin yetarli darajada samarali emas. Xitoy ham mudofaaga shuncha mablag‘ sarflayapti”, dedi u va YeI harbiy harajatini oshirishi kerakligini ta’kidladi.