Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yevropa chempionlar ligasiga qur’a tashlandi
16:45 / 2023-12-18

Xabaringiz bor, Yevropa chempionlar ligasining bu yilgi mavsumida guruh bosqich uchrashuvlari yakuniga yetdi. Ushbu bosqichdan pley-offga 16 jamoa yo‘l oldi.

Bugun mazkur musobaqaning 1/8 final bosqichiga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi. 16 jamoa ikki savatchaga bo‘lingan. Qoidaga ko‘ra, mazkur bosqichda bir mamlakat vakillari hamda bir guruhda ishtirok etgan jamoalar o‘zaro to‘qnash kelmaydi. 

Qur’a natijasi bilan quyida tanishasiz: 

"Bavariya" - "Latsio" 
"Barselona" - "Napoli" 
"Borussiya Dortmund" - “PSV” 
"Arsenal" - "Portu" 
"Real Madrid" - "Leypsig" 
"Manchester Siti" - "Kopengagen" 
"Real Sosedad" - “PSJ” 
"Atletiko Madrid" -"Inter" 

Ma’lumot uchun, 1/8 bosqich dastlabki uchrashuvlari 2024 yilning 14-15, 21-22 fevral kunlari o‘tkazilsa, javob o‘yinlari 5-6,12-13 mart kunlari bo‘lib o‘tadi. Ushbu o‘yinlarda g‘olib jamoalar navbatdagi bosqichga yo‘l oladi. 

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA