Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yevropa bo‘ylab “18+ tekshiruvi”: Qaysi davlatlar cheklov joriy qildi?
13:28 / 2025-11-17

Yevropada bolalarni internetdagi zararli kontentdan himoya qilish maqsadida ko‘rilayotgan keskin choralar kuchaymoqda. Italiya yaqinda behayo saytlar uchun majburiy yosh chegaralash tizimini joriy qildi.

Endi foydalanuvchilar har gal 18 yoshdan oshganini tasdiqlovchi hukumat ID hujjatini uchinchi tomon xizmati orqali yuklashi kerak. Bu ko‘hna qit’ada raqamli xavfsizlik bo‘yicha jiddiy islohotlardan biridir.

Fransiya ham ayni yo‘nalishda jiddiy qarorlar qabul qilgan. Nojoiz saytlarga 18 yoshdan kichik o‘smirlarni kiritgan provayderlar yuz minglab yevro jarimaga tortilishi, sayt yopilishi va hatto jinoiy javobgarlikka tortilishi kabi jazolarga duchor bo‘ladi. Shunga qaramay, ayrim tekshiruv xizmatlari ma’lumotni boshqa kompaniyalarga uzatayotgani yoki osongina chetlab o‘tilishi mumkinligi aniqlangan.

Ispaniya esa zarur kontentni filtrlovchi va yoshni aniqlovchi raqamli identifikatsiya tizimini joriy qilmoqda. Milliy politsiya tomonidan ishlab chiqilgan yangi ilova real vaqt rejimida yoshni tekshiradi. Shunga qaramay, davlatning kengroq raqamli identitet loyihasi hozircha ma’lumotni himoya qilish qoidasi tufayli to‘xtatilgan.

GFR shunchaki “Men 18 yoshdaman” degan tasdiqni qabul qilmayapti. Mamlakatda raqamli identifikatsiya, ota-ona tomonidan boshqariladigan filtrlash tizimi va har bir platformada yoshlarni himoya qilish bo‘yicha mas’ul zobit bo‘lishi talab etiladi. Sudlar ayrim saytlarni bolalar xavfsizligi bilan bog‘liq talabni qasddan buzishda ayblab, ularni keskin tanqid qilgan.

Yevropa Ittifoqi esa hozir yagona, maxfiylikni ta’minlovchi va shaxsiy ma’lumotni oshkor qilmagan holda yoshni tasdiqlay oladigan umumiy tizim ustida ishlamoqda. Bu mexanizm barcha davlatlarda 2026 yil oxirigacha joriy etilishi rejalashtirilgan. Shu tariqa Yevropa internetda voyaga yetmaganlarni himoya qilish bo‘yicha umumiy, qat’iy va integratsiyalashgan siyosat sari qadam qo‘ymoqda.

Musulmon Ziyo, O‘zA