Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yevroosiyo xotin-qizlar forumida O‘zbekiston muhim tashabbuslarni ilgari surdi
17:22 / 2024-09-24

Sankt-Peterburg shahrida IV Yevroosiyo xotin-qizlar forumi bo‘lib o‘tgani haqida xabar bergan edik. Unda 126 ta davlatning parlamentlari raislari, hukumat rahbarlari va 20 dan ortiq xalqaro tashkilotlar vakillari, biznes, fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash kabi turli sohalar namoyondalari bo‘lgan 1,5 mingdan ziyod delegat ishtirok etdi.

Forumda ishtirok etgan O‘zbekiston Senati a’zosi Manzura Salimova nufuzli anjuman bilan bog‘liq fikrlari bilan o‘rtoqlashdi:

– Yevroosiyo xotin-qizlar forumida xotin-qizlar ishonchni mustahkamlash va global hamkorlik masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Ishtirokilar ushbu yo‘nalishda erishilgan natijalari bilan bir qatorda xotin-qizlar manfaatlarini yanada samarali ta’minlashga qaratilgan tashabbuslarini ham ilgari surdi.

Forum doirasida tashkil etilgan yalpi majlisning ochilish marosimida O‘zbekiston Senati Raisi Tanzila Norboyeva ma’ruza qilib, xotin-qizlarning manfaatlari davlat siyosati darajasida ko‘tarilgani va ularning barcha jabhalarda faolligini oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan kompleks dasturga to‘xtalib o‘tdi.

Jumladan, keyingi 7 yil ichida rahbarlik lavozimlarida ayollar soni 27 foizdan 35 foizga oshgani, parlament faoliyatida esa 32 foizga yetgani, bu Birlashgan Millatlar Tashkiloti tavsiyalariga mos kelishi qayd etildi.

Joriy yilda Jahon banki o‘zining “Ayollar, biznes va huquq” hisobotida O‘zbekistonni gender tenglikni ta’minlashda eng katta yutuqlarga erishganini xalqaro miqyosda yuqori baholanib, boshqa davlatlarga namuna sifatida e’tirof etdi.

Forum doirasida “Uzoq umr ko‘rish tibbiyotining tendensiyalari” mavzusida o‘tkazilgan majlisda ishtirok etib, O‘zbekistonda aholi sog‘lig‘ini saqlash, onalar va bolalar salomatligi muhofazasiga qaratilayotgan e’tibor, ko‘rilayotgan chora-tadbirlar haqida ma’lumot berdik.

O‘zbekistonda bolalar va xotin-qizlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash hamda himoya qilish borasidagi ishlar ishtirokchilar e’tiborini tortdi.

Majlisda reproduktiv salomatlik va bolalar salomatligini muhofaza qilish sohasida yuqori texnologiyalarni joriy etish, yordamchi reproduktiv texnologiyalar, molekulyar genetika, prenatal skriningning noinvaziv usullari markazlarini tashkil etishda hamkorlikni kengaytirish tashabbusi ilgari surildi. Albatta, bu muhim yo‘nalishlar forum ishtirokchilarida qiziqish uyg‘otdi va qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.

Norgul Abduraimova, O‘zA