Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
«Yevroning otasi» Robert Mandell vafot etdi
20:33 / 2021-04-06

1999 yilda Iqtisodiyot bo‘yicha Nobel mukofotini olgan kanadalik olim Robert Mandell 89 yoshida Italiyada vafot etdi, deb xabar beradi mahalliy Adnkronos axborot agentligi.

Robert Mandell yevroning «g‘oyaviy ilhomchisi» hisoblanadi. 60 yillar boshida u optimal valyuta hududi nazariyasining muallifdoshi bo‘ldi. Ushbu nazariyada, qanday qilib bir necha hududda monetar siyosatning umumiy maqsadga imkon qadar kam xarajat bilan erishish imkoniyati ko‘rsatilgan. 

Unda ichki tenglik sharoitida inflyatsiyaning past darajasini saqlash va bandlikni to‘liq ta’minlash g‘oyasi yotadi. Bundan shunday xulosa chiqarish mumkinki, bir guruh hududlar yoki mamlakatlar uchun yagona valyutaga o‘tish foydali bo‘ladi.

Mandell 70 chi yillarda Iqtisodiy va valyuta ittifoqining moliya qo‘mitasida faoliyat olib borgan. Hozir ushbu qo‘mita Yevropa ittifoqi, deb ataladi. Mandell tadqiqotlari Yevro yaratilishiga asos bo‘lgan, deyiladi xabarda.