French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yevrokomissiya “Huawei” va “ZTE”ni xavfsizlikka tahdid, deb topdi
11:22 / 2023-06-16

Xitoyning “Huawei” va “ZTE” telekommunikatsiya kompaniyalari uskunalaridan “5G” tarmog‘ida foydalanish Yevropa Ittifoqi uchun boshqa uskuna yetkazib beruvchilar mahsulotiga nisbatan “sezilarli darajada yuqori xavf” tug‘dirishi mumkin, deb hisoblaydi Yevrokomissiya. Bu haqda komissiya matbuot xizmati xabar berdi.

“5G” tarmog‘i ichki bozor faoliyatida, shuningdek, YeIdagi ijtimoiy va iqtisodiy funksiyalarga ta’sir qiluvchi muhim infratuzilma hisoblanadi, deb ta’kidlaydi Bryussel.

Shularni inobatga olgan holda bayonotda mobil aloqa uskunalari tomonidan yuzaga keladigan YeI xavfsizligi xatarlari yuzasidan “jiddiy xavotir” qayd etilgan.

Ayrim Yevropa davlatlari o‘tmishda “Huawei” va “ZTE”dan uskuna sotib olishdan voz kechgan.

YeI Ichki bozor bo‘yicha komissari Terri Breton barcha a’zo davlatlarni bir xil chora ko‘rishga chaqirdi.

“Biz o‘z manfaatimizga qarshi qurol sifatida ishlatilishi mumkin bo‘lgan qaramlikni saqlab qola olmaymiz”, dedi komissar.

O‘zA