Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yevrokomissar izolyatsiya tartibini buzgani uchun isteʼfo berdi
12:53 / 2020-08-27

Darvoqe, Xogan aynan Irlandiyadan koʻrsatilgan yevrokomissar hisoblanadi.


Savdo boʻyicha Yevrokomissar Fil Xogan Irlandiyaga safari chogʻida koronavirus pandemiyasiga qarshi kurash boʻyicha joriy qilingan yakkalanish tartibini buzganligi uchun isteʼfo berganini maʼlum qildi.

“Bugun men savdo boʻyicha Yevropa Ittifoqi komissarligi lavozimidan boʻshatishlarini soʻrab ariza berdim. Yaqinda Irlandiyaga qilgan safarim koʻplab bahs-munozaralarga sabab boʻldi. Bu holat komissarlik vazifamni bajarishga xalaqit bermoqda”, - deyiladi xabarda.

Xogan Irlandiyada taxminan 80 kishilik tadbirda ishtirok etgan. “Reyter” agentligining yozishicha, yevrokomissar boʻlib oʻtgan voqea, yaʼni Irlandiyaga kelgandan keyin ikki haftalik yakkalanish tartibiga amal qilmagani uchun uch marta kechirim soʻragan, biroq baribir jamoatchilik tomonidan bosimga uchragan.

Darvoqe, Xogan aynan Irlandiyadan koʻrsatilgan yevrokomissar hisoblanadi.

“Muhimi, men hech qanday qonunni buzganim yoʻq, lekin jamoatchilik vakili sifatida COVID boʻyicha tavsiyalarga qatʼiy amal qilishim lozim edi”, - dedi u.