Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yevroittifoqning Ukrainaga ko‘rsatgan yordami 16 milliard yevroga yetdi
16:53 / 2023-05-11

Yevropa ittifoqi mamlakatlari hamda tashkilotlari tomonidan Ukrainaga ko‘rsatilgan yordamning umumiy miqdori 16 milliard yevroni tashkil etadi, dedi Yevroittifoq diplomatiyasi rahbari Jozep Borrel Yevropaning mudofaa va xavfsizligi bo‘yicha bo‘lib o‘tgan konferensiyada so‘zga chiqib.

“Birinchi transh 500 million  yevroni tashkil etgan edi. Hozirgacha Yevropa ittifoqiga a’zo mamlakatlar va tashkilotlar tomonidan ko‘rsatilgan yordam 16 milliard yevroga yetdi va bu oxirgisi emas”, – degan u.

Borrelning qo‘shimcha qilishicha, G‘arbning harbiy yordamisiz  Ukraina mustaqil davlat sifatida yashab qololmasdi.

“Rossiya qo‘shinlari Polsha chegarasigacha keladi, bizning xavfsizligimiz kamayadi, Ukraina esa mustaqil davlat sifatida yashab qololmaydi”, – deya qo‘shimcha qilgan u.

Yevropa Ittifoqi tashqi ishlar idorasi rahbari, shuningdek, yil oxiriga kelib Yevroittifoqda tayyorgarlikdan o‘tgan ukrainalik harbiylar soni 30 ming kishiga yetishini ma’lum qilgan.