Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yevroittifoq Ukrainaga iqtisodiy ko‘mak berilishini jadallashtirdi
14:03 / 2022-02-22

Yevrokengash Ukrainaga 1,2 milliard yevrolik makromoliyaviy ko‘mak ajratilishini tasdiqladi.

“Mazkur moddiy ko‘mak Ukrainaga kreditlar vositasida ajratilib, mamlakatdagi vaziyat barqarorlashuviga yo‘naltiriladi”, deyiladi Yevrokengashning Bryusseldan berilgan bayonotida. 

“Yevroittifoq Ukrainaga iqtisodiy ko‘mak berilishini jadallashtirdi, negaki geosiyosiy keskinlik mamlakatdagi iqtisodiy va moliyaviy barqarorlikka putur yetkazdi. Xavfsizlikka muttasil tahdidlar kapitalning chiqib ketishiga sabab bo‘ldi”, deyiladi bayonotda. 

Bundan tashqari, mavjud vaziyat tufayli Ukraina xalqaro bozorlarga chiqish imkonini yo‘qotmoqda. 

Moliyaviy ko‘mak 12 oyga mo‘ljallangan bo‘lib, ikki bosqichda yetkazilishi ko‘zda tutilgan. 

N.Toshpo‘latova