Yevroittifoq Rossiyaga qoʻllagan sanksiyalar muddatini uzaytiradi
Bu boʻyicha qaror navbatdagi yigʻilishlarda koʻrib chiqilib bir qarorga kelingach chiqariladi.
Yevrokengash manbasida Bryussel rossiyaliklarga nisbatan qoʻllanilgan sanksiyalarni yana yarim yilga uzaytirishni rejalashtirayotgani haqida maʼlum qilindi, deyiladi “TASS” xabarida.
Mazkur cheklovlar muddati amaldagi cheklovlarning muddati tugaganidan soʻng, yaʼni 15-sentyabrdan yana uzaytiriladi.
Bu boʻyicha qaror navbatdagi yigʻilishlarda koʻrib chiqilib bir qarorga kelingach chiqariladi.
Taxminlarga koʻra, Yevroittifoq mamlakatlari 2014-yildan buyon qoʻllanib kelayotgan sanksiyalar muddatini shubhasiz uzaytiradi. Shundan soʻng qaror Yevropa kengashi tomonidan tasdiqlanib, rasmiy jurnalda eʼlon qilinadi.