English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yevroittifoq Rossiya hujumiga qarshi harakatlarga Yaponiya, Hindiston va boshqa davlatlarni jalb etmoqchi
10:45 / 2022-02-25

Bugun Yevroittifoqning Rossiyaga nisbatan sanksiyalari rasman ma’qullanadi, deb xabar beradi “TASS”.

Yevroittifoqning tashqi ishlar siyosat va xavfsizlik bo‘yicha oliy vakili Jozep Borrel ispan kanali – “24 Oras”ga bergan intervyusida: “Sanksiyalar Rossiyaning biz hozir hamkorlik qilib turgan iqtisodiy sektoriga yo‘naltiriladi. Biz Yaponiya, Hindiston va boshqa bu hujumga qarshi bo‘lgan barcha davlatlar bilan gaplashamiz”, deb aniqlik kiritdi Yevrodiplomatiya rahbari.

“Bu bizning urush emas, lekin bizning xavfsizligimiz, imkonimizda ko‘pgina vositalar bor, deya olamiz. Bunga ancha vaqt tayyorlanilgan. Chegaramizdagi vaziyat yana keskinlashadi”, deb ta’kidlagan  Jozep Borrel.