Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yevroittifoq Moldovaga moliyaviy yordam ajratadi
14:28 / 2022-06-17

Moldova o‘zining harbiy byudjetini ikki karra oshirish uchun Yevropa mudofaa jamg‘armasidan 40 million yevro oladi, dedi Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron.

Kuni kecha Makron bir kunlik tashrif bilan Moldovada bo‘ldi. Kishinyovda u mamlakat rahbariyati bilan respublikaning Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lishi bo‘yicha ariza berish muddatini muhokama qilgan. 

"Moldovaning betarafligi uni demilitarizatsiya qilinishini anglatmaydi, Yevropa mudofaa jamg‘armasidan olayotgan 40 million yevro mamlakatingiz mudofaa byudjetini ikki barobarga oshiradi. Biz Ukrainadagi harbiy harakatlar oqibatidan aziyat chekayotgan mamlakatlarga yordam berishimiz lozim. Moldova ularning biri hisoblanadi",  dedi Makron.