French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yevroittifoq Britaniyani savdo kelishuvi boʻyicha bir qarorga kelishga chaqirdi
15:10 / 2020-10-22

Yevropa Ittifoqi Buyuk Britaniyani istiqbolli savdo bitimi boʻyicha tezroq bir qarorga kelishga chaqirdi.


Yevropa Ittifoqi Buyuk Britaniyani istiqbolli savdo bitimi boʻyicha tezroq bir qarorga kelishga chaqirdi.

“REGNUM” agentligining “Reuters” maʼlumotiga asoslanib bergan xabarida aytilishicha, Yevropa kengashi rahbari Sharl Mishel Yevroparlamentdagi chiqishi chogʻida: “Biz barcha masalalar, huquqiy matnlar boʻyicha kuniga 24 soatdan, haftasiga yetti kun muzokaralar olib boraverishimiz mumkin. Lekin Buyuk Britaniya bir qarorga kelishi kerak”, deb taʼkidlagan.

Maʼlumot oʻrnida aytish joizki, Buyuk Britaniya hukumati “Brexit” boʻyicha muzokaralar oʻtkazishdan bosh tortib, Yevroittifoqni oʻz pozitsiyasini “tubdan” oʻzgartirishga chaqirgandi.