Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yevroittifoq: Britaniya “Brexit” boʻyicha pozitsiyasini qayta koʻrib chiqishi kerak
15:22 / 2020-09-03

“Hech qachon qaysidir tomonning zarariga bitim tuzmaymiz. Bizning yoʻqotadigan narsamiz yoʻq”, deb taʼkidladi Barne.


Yevropa Ittifoqining “Brexit” boʻyicha bosh muzokarachisi Mishel Barne savdo bitimi tuzilishi uchun Buyuk Britaniya oʻz pozitsiyasini zudlik bilan qayta koʻrib chiqishi kerak, deb hisoblaydi.

“REGNUM” xabarida aytilishicha, Britaniya baliq sanoati va shartnomadagi boshqa bahsli vaziyatlarga halol raqobat asosida yechim topishi kerak, aks holda bitim tuzilmaydi.

“Bular shunchaki, masalaning texnik jihatlari emas. Minglab ish oʻrinlari taqdiri turibdi”, dedi Barne navbatdagi muzokaralardan soʻng jurnalistlarga.

“Hech qachon qaysidir tomonning zarariga bitim tuzmaymiz. Bizning yoʻqotadigan narsamiz yoʻq”, deb taʼkidladi Barne.