Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yevroittifoq Belarus hukumatini g‘arb kuzatuvchilari ishtirokida erkin va adolatli saylov o‘tkazishga chaqirdi
14:49 / 2021-06-09

Yevroittifoq diplomatiyasi missiyalari, shuningdek, Belarusdagi AQSH, Buyuk Britaniya, Shveysariya va Yaponiya elchixonalari rahbarlari Minskni yangi saylovlarni o‘tkazishga chaqirdi.

Yevropa tashqi ishlar xizmati mahkamasi saytida ma’lum qilinishicha, diplomatlar Belarus tashqi ishlar vaziri Vladimir Makey bilan uchrashgan. Ular Belarus hukumati g‘arb kuzatuvchilari ishtirokidagi erkin va adolatli saylov o‘tkazilishiga olib boruvchi shaffof demokratik jarayonni boshlashi lozim, deb ta’kidlagan.

Mahkamalarning rahbarlari Makeyga demokratik me’yorlarga amal qilgan taqdirda Belarusning xalqaro maydondagi munosabatlari yaxshilanishini aytgan.