“Yevro” Xorvatiyaning milliy valyutasiga aylanadi
Mamlakat kuna-milliy valyutasi bilan xayrlashadi. Ular yangi yil kechasi yevroga o‘tadi. Yangi yilning ilk soatlaridan boshlab karta bilan to‘lash, onlayn-to‘lov va mobil banking orqali pul o‘tkazish imkonsiz bo‘lib qoladi, deb xabar qiladi Xorvatiya Milliy banki. Ular naqd pulni hozirlashni maslahat bermoqda-chunki kunalar bilan 15 yanvargacha to‘lovni amalga oshirsa bo‘ladi.
Milliy valyutadagi bank kreditlari va hisob-raqamlar 1 yanvardan boshlab avtomatik ravishda yevroga konvertatsiya qilinadi. Milliy bankning ta’kidlashicha, muomaladagi qog‘oz pullar miqdori avvalgidek qoladi. Masalan, 100 kunalik (taxminan 13 yevro) kupyuralar o‘sha miqdordagi 10 va 20 yevrolik nominal banknotalar bilan almashtiriladi. Xorvatiyada bankomatlarni qayta sozlash ishlari davom etmoqda, ular asta-sekin o‘chirilmoqda. Yanvar oyining o‘rtalariga kelib barcha qurilmalarni yevroga moslashtirish va’da qilingan. Xorvatiya kunasi mamlakatda 1994 yildan beri muomalada. Undan esdalik sifatida 1 yevrolik tangada suvsar tasvirini saqlashga qaror qilindi.
G. Abdullayeva tayyorladi, O‘zA